
Aguero Anrining rekordini yangiladi va ...
“Manchester Siti” APLning 22-turida safarda “Aston Villa”ni 6:1 hisobida engdi.
“Shaharliklar” forvardi Serxio Aguero shu kuni xet-trik qayd etdi. E’tiborlisi, argentinalik futbolchi shu tariqa premer-ligada urgan gollari sonini 177 taga etkazib oldi. Buning uchun unga 255 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, Aguero shu tariqa Terri Anrining (175) rekordini yo‘qqa chiqardi va Angliya premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar legionerga aylanib oldi.
Aguero APL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Frenk Lempardga (177) tenglashib oldi va 4-o‘rinda bormoqda.
Musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari esa Alan Shirer (260), Ueyn Runi (208) va Endi Koul (187) hisoblanadi.
Fikrlar