Aguerosiz qolgan "Siti" vaziyatdan chiqish yo‘lini topdi

CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiy Xosep Gvardiola jarohatlangan Serxio Aguero o‘rnini to‘ldirish rejasi haqida gapirib berdi.

Tecno

Argentinalik futbolchi Angliya chempionati doirasida "Bernli"ga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng chap tizzasi operatsiya qilingan edi.

"Tarkibimizda hech bir futbolchi har uch kunda 90 daqiqa o‘ynay olmaydi. Demak, bizda Gariel Jezus bor. Lekin Sterling ham shu chiziqda o‘ynashi, Gyundogan va Bernardu Silva hujumda to‘p surishi mumkin.

O‘yinni o‘qiy oladigan futbolchilar barcha chiziqlarda bemalol harakatlana oladi. Gyundogan katta iqtidor egasi, shu sabab u himoyada, yarim himoyada va hujumda ham birdek o‘ynay oladi", - deydi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!