Ahmedovning "Shanxay"i qanday qilib OChLni tark etdi? (video)
Xabaringiz bor joriy hafta Osiyo Chempionlar ligasining 1/8 final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi o‘z maydonida Yaponiyaning “Kashima Antlers” klubini qabul qildi.
Mazkur o‘yinda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ahmedov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, 47-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.
Biroq bugungi g‘alaba xitoyliklarga chorak finalga chiqish uchun kamlik qildi. Boisi, Yaponiyada kechgan ilk o‘yinda “Kashima Antlers” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Shu tariqa, “Shanxay SIPG” OChLdagi yurishini 1/8 finaldayoq yakunlashga majbur bo‘ldi. Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar