Akademik eshkak eshuvchilarimiz jahon chempionatida qatnashishmoqda

CHERY AUTO

Xitoyning Shanxay shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi mazkur dunyo birinchiligidagi ishtirokini boshladi.

Tecno

M4- dasturida qatnashgan yigitlarimiz saralashda 6:02:37 daqiqa vaqt bilan yarim final ishtirokchilari qatoridan joy olishdi. Endi ular 24-sentyabr kuni asosiy final yo‘llanmasi uchun startga chiqishadi.

Anna Prakaten va Malika Tagmatova esa juftlik dasturida 7:00.58 daqiqa bilan o‘z guruhlarida uchinchi natijani qayd etishdi. Biroq bu ularga “A” finaliga yo‘l olish uchun etarli bo‘lmadi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
22/09/2025 20:31
Omad tilayman!