
Akademik eshkak eshuvchilarimiz termamizga medallar shodasini taqdim etdi
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroklarini yakunlashdi. Sportchilarimiz musobaqa davomida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, mazkur dasturda Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallashdi.
M4x dasturida startga chiqqan Shahzod Nurmatov, Shahboz Xolmirzaev, Mehrojbek Mamatqulov va Sobirjon Safaraliev kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shehroz Hakimov, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiev va Alisher Turdiev bugun M4- dasturida ajoyib ishtirok etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi
Shuningdek, Anna Prakaten yakkalik dasturida termamizga oltin medal taqdim etdi.
Fikrlar