Akbar Jo‘raev va Ruslan Nuruddinov Jahon chempionati medallarini yutib olgan bahslardan fotogalereya

CHERY AUTO

Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etib bormoqda.

Tecno

Bugun musobaqa doirasida -109 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazild.

Hozirgina yakuniga etgan bahsda ikki atletimiz millionlab yurtdoshlarimizni xushnud etib, medallar shodasini taqdim etishdi.

Dast ko‘tarish mashqida Akbar - oltin, Ruslan bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, armanistonlik Martirosyan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarish mashqida medallar uchun yana o‘sha uch sportchi kurashdi.

Siltab ko‘tarishda ham armanistonlik Simon Martirosyanga "non" qoldirishmadi. Tokio Olimpiadasi chempioni Akbar Jo‘raev dast, siltab ko‘tarish va ikki kurashda ham oltin medallarni o‘ziniki qildi.

Tajribali Ruslan Nurudinov esa 236 kg toshni siltab ko‘tarib, Simonga kumush medal ham qoldirilmadi. Ketma-ket ikki Olimpiadada bo‘lgani kabi, Martirosyan yana biznikilardan keyin.

Quyida eng sara suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!