Akmal Shorahmedov "Neftchi"dami?

  • 18 yanvar, 2021, 04:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali himoyachi Akmal Shorahmedovning AGMK bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgani sababli hozirda u erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.

Yaqinda futbolchining o‘zi jarohatini davolatayotgani haqida aytgandi. Albatta, Shorahmedovning yangi mavsumni qaerda davom ettirishi muxlislarni qiziqtirmoqda. Uning hali AGMK jamoasiga qo‘shilmagani sababli faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi borasida gap-so‘zlar yo‘q emas.

Shunisi aniqki, Shorahmedovni o‘z safida ko‘rishni xohlayotgan bir qator klublar bor. Masalan, “Neftchi” ham unga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining farg‘onaliklarning Toshkentdagi yig‘inida ishtirok etayotgani borasida ham ma’lumotlar bor.

Ushbu vaziyatga sports.uzning aniqlik kiritishicha, Shorahmedov jarohatdan keyin jismoniy tomondan yuklamalar olish maqsadida “Neftchi”ning serbiyalik murabbiyi bilan individual jihatdan alohida ishlayotgani ayon bo‘ldi.

Tez orada Akmal Shorahmedov faoliyatini qaerda davom ettirishi borasida bir qarorga keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!