
"Al-Ittihod" bosh murabbiyi: "Erta gol urishga harakat qilamiz"
Xabaringiz bor "Navbahor" "Al-Ittihod"ga qarshi javob bahsida maydonga tushadi. Mazkur o‘yin oldidan jiddaliklar bosh murabbiyi Marselo Galyardo o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hammamiz ertangi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Hozircha boshlang‘ich tarkibni aniqlaganimiz yo‘q, bugungi mashg‘ulotlardan so‘ng besh nafar xorijlik futbolchi nomi ma’lum bo‘ladi. Ertangi bahs xuddi birinchi o‘yin stsenariysi bo‘yicha o‘tadi va biz uchrashuv avvalidan nazoratimizni o‘rnatishga harakat qilamiz. Biz hujumlar tashkillashtirishimiz, uchrashuv davomida mutlaq ustunlikka erishishimiz kerak va erta gol urishga intilamiz. Jamoamiz hamisha muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlariga muhtoj", - dedi Marselo Galyardo.
"Ertaga kuchli jamoaga qarshi qiyin o‘yin bo‘lishi tabiiy hamda biz g‘alaba uchun kurashamiz. Oxirgi bahsdagi durang va bo‘lajak bellashuvga jarohatlarsiz etib kelishimiz yaxshi holat sanaladi", - deya qo‘shimcha qildi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar