
"Al-Ittihod" bosh murabbiyi: "To‘g‘ri, avtogol evaziga yutdik, lekin biz bunga loyiq edik"
OChL nimchorak finalidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - "Navbahor" bahsi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. O‘yindan keyin Marselo Galyardo o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Maqsadimiz g‘alaba qozonish edi va 20-daqiqaning o‘zidayoq maydonda kim kuchli ekanligi ma’lum edi. Dastlabki gol alamli bo‘ldi, lekin jamoaning irodali o‘yini menga yoqdi. To‘g‘ri, g‘alaba goli ham avtogol orqali sodir bo‘ldi. Ammo bunga biz loyiq edik. Bugun ko‘plab vaziyatlar yaratdik, biroq ulardan foydalana olmadik. Benzema va Hamdallah dueti ish berdi", - dedi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Ittihod"ni keyingi bosqichda "Sepaxon" - "Al-Hilol" to‘qnashuvning g‘olibi kutmoqda.
Fikrlar