"Al-Muharraq" bosh murabbiyi matbuot anjumanida "Nasaf" va o‘zbek futboli haqida qanday fikr bildirdi?

  • 4 noyabr, 2021, 20:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“OFK Kubogi-2021” final uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “Al- Muharraq” jamoasi ustozi Isa Sadun Al-Xamdani va jamoa etakchilaridan biri Xamza Al-Juban ishtirok etdi.

Tecno

Isa Sadun Al-Xamdani: - Biz final o‘yiniga jiddiy hozirlik olib bordik. Ushbu musobaqada oldin ham g‘olib chiqqanmiz. Bu borada tajribamiz mavjud. Endi oldinda “Nasaf” klubiga qarshi jiddiy uchrashuv kutib turibdi. Lekin biz ijobiy natijaga umid qilyapmiz.

“Muharraq” O‘zbekiston klublariga qarshi hali o‘ynamagan. Bu galgi uchrashuv biz uchun yangi tajriba bo‘ladi. Lekin bilamiz, O‘zbekiston chempionati kuchli, klublar ham ancha saviyali. Qolaversa, o‘zbekistonlik futbolchilar Evropada ham o‘ynay boshlashdi. Yaqinda Italiya chempionatida o‘zbek futbolchisi o‘yinini kuzatdim. Umuman olganda, o‘zbek klubiga qarshi o‘yin oson o‘tmasligi aniq.

Raqibni yaxshi o‘rganishga urindik. Tarkibida ancha mahoratli o‘yinchilar bor ekanini bilamiz. Qolaversa, “Nasaf”ning etakchi himoyachilaridan biri uchun mavsum jarohat sabab allaqachon yakunlanganidan ham xabarimiz bor.

Xamza Al-Juban: - Jamoamiz final o‘yiniga 100 foiz tayyor. O‘zbekiston jamoalari hamisha mazmunli o‘yin namoyish etishadi, buni juda yaxshi bilamiz. Lekin maqsadimiz – g‘alaba qozonish. Buning uchun bor mahoratimizni ishga solamiz.

PFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!