Ads

Ҳозиргина Тошкентнинг "Локомотив" ва БААнинг "Ал Ваҳда" жамоалари ўртасидаги учрашув якунланди. Баҳс тақдирини 6-дақиқада "темирйўлчилар" ҳужумчиси Темурхўжа Абдуҳолиқов ва 90-дақиқада Ислом Тўхтахўжаев томонидан киритилган голлар ҳал қилди. Шу тариқа "Локомотив" ОЧЛдаги юришини ғалаба билан бошлади.

Ўйиндан кейин ўтказилган матбуот анжуманининг биринчи қисмида меҳмонлар устози иштирок этди ва ўзининг ўйин ҳақидаги фикрларини билдириб ўтди.

- Birinchi 25 daqiqalikda tarkibdagi muammolar sababli biz sustroq o'yin namoish etdik, 25-daqiqadayoq o'zgarish amalga oshirdik. Lekin 2- bo'limda tarkibdagi o'zgarishlar evaziga o'yinnni nazorat qilishga erishdik. Gollarga kelsak, birinchi golda futbolchilarimiz xatoga yo'l qo'yishdi, "Lokomotiv"ning 5-raqamli futbolchisi bosh bilan yaxshi o'ynashini bilar edik, biroq qo'yib yubordik. Ikkinchi gol esa chiroyli urildi, raqibni 2:0 hisobidagi g'alaba bilan tabriklayman.

BAA jamoalari uchun O'zbekiston klublari noqulay raqib bo'lib kelmoqda, bunga qanaday qaraysiz?

- Bu haqda bir nima deyishim qiyin, O'zbekistonga kelib Amirlik klublari O'zbekistonga kelib yutqazadi, xuddi shunday O'zbek klublari ham amirlikda mag'lub bo'lishadi.

Bunga ob-havoni ham sabab qilishimiz mumkin, ya'ni bu yerda havo biroz sovuq ekan...