"Атлетико" Al'varesni zo'r hujumchiga almashtirmoqchi

  • 27.08.2026 18:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Al’vares va «Atletiko» uchun yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan chiqish yo‘li sifatida uning Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi ko‘rilmoqda.

Bu haqida Ispaniyaning AS nashri yozmoqda. Nashr tahliliga ko‘ra, «matraschilar»ning eng samarali hujumchilaridan biri hisoblangan Al’vares yoz davomida «Barselona»ga o‘tish uchun faol harakat qildi. Biroq «Atletiko» Ispaniya chempionatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibini kuchaytirishni istamadi va 100 million yevro miqdoridagi taklifni ham rad etdi.

23 avgust kuni argentinalik forvard «Atletiko»ning «Vilyarreal»ga qarshi uy uchrashuvida zahiradan maydonga tushdi. Madrid muxlislari uni kuchli svist bilan kutib oldi, bu esa vaziyat yanada keskinlashganini ko‘rsatdi. Shu hafta u ketma-ket ikki kun mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi, klubga sog‘ligi bilan bog‘liq muammolarni bahona qildi.

Jurnalistlar fikricha, shunday sharoitda «Atletiko» transfer oynasi yopilishidan oldin Al’varesni Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi, Shvetsiya terma jamoasi a’zosi Viktor D’yo’kereshga almashtirish variantni ko‘rib chiqishi mumkin. «Kanonirlar» argentinalik futbolchini o‘tgan yili ham sotib olishga urinagan, ammo o‘shanda madridliklar bu taklifni rad etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!