Alamli mag‘lubiyatdan keyin "Roma" darhol yangi futbolchi sotib olmoqchi

  • 10 yanvar, 2022, 13:12
  • 0
  • Futbol

"Roma" salbiy natijalardan keyin yangi transferni amalga oshirmoqchi.

Italiya OAV xabariga ko‘ra, rimliklar "Portu" yarim himoyachisi Serjiu Oliveyrani sotib oladigan bo‘ldi. Futbolchi mavsum so‘ngiga qadar ijarada harakat qiladi.

Buning evaziga "bo‘rilar" 1 million evro to‘laydi. Agar transfer amalga oshsa, Oliveyra "Roma"ga 13,5 million evroga tushadi.

Joriy mavsum Serjiu 24 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol va 1 assist muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!