
Alan Shirer: "Sheshko hafsalani pir qildi. U o‘tgan mavsum sovrin yutmagan jamoani tanladi"
Angliya futbolining tirik afsonasi Alan Shirer so‘nggi transfer yangiliklaridan mamnun emas. Unga ko‘ra, sloveniyalik yosh hujumchi Benyamin Sheshko "Nyukasl" taklifini rad etib, "Manchester Yunayted"ni tanlagani klub uchun yana bir yo‘qotish bo‘ldi.
"Ko‘rinishidan, Sheshkoda tanlov bor edi: "Nyukasl" yoki "Manchester Yunayted". Biri o‘tgan mavsumda Kubok yutgan, hozir Chempionlar ligasida o‘ynayapti. Ikkinchisi esa 15-o‘rin, muvaffaqiyatsiz mavsum va hech qanday covrinsiz.
Men tushunaman, "Manchester Yunayted" — ulkan klub. Lekin bugungi kunda bunchalik muhim jamoa emas. Baribir tushunaman…
Ko‘rinyaptiki, u "Manchester Yunayted"ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi. Demak, "Nyukasl" yana bir transfer maqsadidan voz kechdi. Bu — hafsalani pir qiluvchi holat. Bir necha haftadan buyon gapirib kelyapman, bu transfer oynasi klub uchun falokatli bo‘lyapti", — dedi Shirer "Betfair"ga bergan intervyusida.
Fikrlar