
Alderveyreld va Lamela qachon safga qaytadi?
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Siti”ga (2:0) qarshi o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan himoyachi Tobi Alderveyreld va yarim himoyachi Erik Lamelaning tiklanish jarayoni qanday ketayotgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Alderveyreld taxminan ikki hafta maydonga tusholmaydi. Lamela esa bugun, erta yoki yakshanba kuni safga qaytmaydi. Agar u yakshanbagacha sog‘aysa, bundan hayron qolardim. Shuning uchun u bu hafta safga qaytmasligini aytmoqchiman”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar