Aldjameyn Sterling engilmas jangchini birinchi raunddayoq mag‘lub etmoqchi

  • 3 sentabr, 2024, 20:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘ta engil vaznda( 61,2 kg) sobiq UFC chempioni, amerikalik Aldjameyn Sterling(24-4) 5 oktyabr kuni "UFC 307" turnirida rossiyalik Movsar Evloev(18-0)ga qarshi bo‘lib o‘tadigan jang haqida gapirdi.

 “Birinchi raunddayoq uning orqasiga tepib, oktagondan chiqarib yuborishimga ishonaman. O‘ylaymanki, bu g‘alabamdan keyin chempionlik uchun kurashaman”, — dedi Sterling Home of Fight You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Movsar Evloev 30 yoshda. Jangchi 2019 yil aprel oyida UFC da debyut qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!