
Aldjameyn Sterlingda chempionni engish uchun formula borga o‘xshayapti...
Yarim enil vazndagi UFC jangchisi Aldjameyn Sterling amaldagi chempion Iliya Topuriyaga qarshi jangda qanday qilib g‘alaba qozonish mumkinligini aytdi.
"To‘g‘ri, Iliya "stoyka" da ham, partirda ham etarlicha kuchga ega. Ammo agar men u bilan jang qilsam, ajoyib taktika ishlatgan bo‘lardim. Ya’ni ko‘proq teykdavnlarni amalga oshirib, jangni grepling o‘yiniga aylantirardim. Shundagina Topuriyani mag‘lub etish mumkin", - dedi amerikalik jangchi.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 308" turnirida Iliya Topuriya 3-raundda Maks Xolloueyni nokautga uchratdi.
Fikrlar