Aleks de Minaur “Apia International Sydney – 2018” kashfiyotiga aylandi
Avstraliyada Professional tennischilar uyushmas – ATR tomonidan tashkil etilgan “Apia International Sydney – 2018” turnirida finalchilar nomi aniqlandi.
Sovrin jamg‘armasi 468.910 AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning yarim finalida rossiyalik Danil Medvedev italiyalik Fabio Foniniga qarshi kortga chiqdi va 2:6, 6:4, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Avstraliyalik Aleks de Minaur ushbu turnir kashfiyoti bo‘ldi. U frantsiyalik Benua Perni 4:6, 6:1, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi finalda Aleks va Danil o‘zaro raqobatlashadi.

Fikrlar