Aleks Perreyra Sergey Pavlovichni engishi uchun nima qilishi kerak?

  • 10.10.2026 21:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Kris Vaydmen rossiyalik Sergey Pavlovichga qarshi bahsda Braziliya vakili Aleks Perreyrani favorit deb hisoblamoqda.

"Bu juda hayajonli jang, chunki haqiqatan ham nima bo‘lishini oldidandan ayta olmayman. Imkoniyatlar deyarli teng, lekin men baribir Perreyra yutadi, deb o‘ylayapman. Menimcha, Sirildan uchralgan mag‘lubiyat Aleksga qo‘shimcha motivatsiya beradi. Qarang, u har safar yutqazganida, qaytib kelib, g‘alaba qozonyapti. Perreyrada chempionlik psixologiyasi bor. O‘ylashimcha, Aleks bu safar ham g‘alaba qozonish yo‘lini topadi! Ehtimol, "Poatan" tomonidan boldir mushaklariga yo‘llangan loukiklar katta yordam berishi mumkin", - dedi amerikalik "The Deep Waters" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Pavlovich va Perreyra qarama-qarshiligi 12 dekabr kuni "UFC 335" turnirida o‘tkaziladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!