
Aleksandr-Arnold ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha APLda etakchilik qilmoqda
Ayni damda, Angliya Premer ligasining 24-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton" va "Liverpul" (1:1) qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi davom etmoqda.
Himoyachi Trent Aleksandr-Arnold assistentlik vazifasini bajardi. 21 yoshli futbolchining burchakdan etkazib bergan to‘pini Jordan Xenderson raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, Aleksandr Arnold so‘nggi 2 mavsumda 22 ta (APLning boshqa futbolchilaridan kamida 5 taga ko‘proq) assistentlik qilib ulgurdi va 10 marotaba standart vaziyatdan golli uzatmani amalga oshirdi.
Har ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha, angliyalik himoyachi APLda mutloq etakchiga aylanib oldi.
Fikrlar