
Aleksandr Emelyanenko yana jang qiladi
Rossiyalik og‘ir vaznli jang san’ati ustasi Aleksandr Emelyanenko tez orada yana jangga qaytishi mumkin.
Open FC ligasi Magomed Ismoilovga yutqazganidan beri jang qilmagan Aleksandr bilan muzokara olib borayotganini ma’lum qildi.
"Open FC ligasi aprel oyida bo‘lib o‘tadigan turnirda Aleksandr Emelyanenkoning oktagonga qaytishi to‘g‘risida muzokaralarni boshladi. Sashani turnirimizda ko‘rishni xohlaysizmi?" - deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.
Kichik Emelyanenko faoliyati mobaynida 28 ta g‘alaba, 8 ta mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan.
Frensis Ngannu va Stipe Miochich jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Fikrlar