Aleksandr Usikning muvaffaqiyat siri nimada?

  • 25 sentabr, 21:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

38 yoshli mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik o‘z yutuqlari sirini baham ko‘rdi. 

Tecno

"Hayotda hech narsa oson kelmaydi. Bola paytimdan intizom, sabr va o‘zini fido qilish tamoyillari bilan yashadim. Shu qadriyatlar meni tarbiyaladi va qiyin damlarda ham kuch berdi. Intizom – mening ilhom manbaim, olg‘a harakatlanishim uchun turtki va sinovlarda tayanchim bo‘ldi. Shu bois Olimpiadada oltin oldim va ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘ldim. Ammo men ringda hech qachon yolg‘iz kurashmaganman. Har safar menga ishongan odamlar yonimda bo‘lishgan. Bu kamarlar – oddiy metall yoki teridan yasalgan narsa emas. Ular ko‘p yillik mehnat, fidoyilik va intizom samarasi!" - dedi ukrainalik.

Ma’lumot uchun, Usik hozirda boks tarixidagi eng katta chempionlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!