Aleksis Sançes Kanada klub bilan shartnoma imzoladi

  • 11.08.2026 11:55
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli chililik hujumchi Aleksis Sanches, bir vaqtlаr «Arsenal» va «Barselona» tarkibidagi o‘yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan futbolchi, endi o‘z faoliyatini «Monreal» klubida davom ettiradi.

 

Mashhur insayder va sport jurnalisti Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, 37 yoshli Sanches Kanada jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Hujumchi MLS klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Uning so‘nggi jamoasi Ispaniyaning «Sevilya» klubi edi.

 

Shuningdek, tajribali forvard o‘z faoliyati davomida «Udineze», «Marsel», «Inter», «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Barselona» kabi qator yetakchi jamoalar sharafini himoya qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Aleksis Sanches «Sevilya» safida Ispaniya chempionatida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!