
Ali Abdel-Aziz: "Chempionlik jangiga Charlz Oliveyradan ko‘ra munosibroq yigit bor edi"
UFC pound-for-pound etakchisi Islom Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz braziliyalik Charlz Oliveyrani Iliya Topuriya bilan chempionlik jangiga munosib emasligini aytdi.
"Oliveyra o‘zining so‘nggi to‘rtta jangida 2 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etdi. Menimcha, Arman Tsarukyan Charlzdan ko‘ra chempionlik jangi uchun ko‘proq munosib edi. Braziliyalik Topuriya uchun qiyin raqib emas. Iliya uni bemalol mag‘lub etadi" - deya menejerning so‘zlaridan keltirdi "Red Corner MMA".
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan "UFC 311" turnirida Islom Maxachevga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq jarohat sabab musobaqani tark etgandi.
Fikrlar