
Ali Abdel-Aziz: "Islom Maxachevni Jek Maddalenaga qarshi bahsda favorit deyish qiyin"
Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz UFC yulduzi Islom Maxachev (27-1) va avstraliyalik Jek Della Maddalena (18-2) o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Bu og‘ir bahs bo‘ladi... Islom Topuriyaga qarshi to‘qnashuvda favorit edi, ammo Maddalenaga qarshi bunday deya olmayman. Xabib Nurmagomedov bu juda qiyin jang ekanini aytgandi. Menimcha, uning gaplari ayni haqiqat!" - dedi menejer.
Ma’lumot uchun, Jek Della Maddalena "UFC 315" turnirida Belal Muhammadni ochkolar evaziga engib, yarim o‘rta vaznda chempionga aylandi.
Fikrlar