Ali Abdel-Aziz: "Magomed Ankalaev uchun Aleks Perreyradan ham xavfliroq raqib bor!"

  • 29 avgust, 14:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida UFC chempioni Magomed Anqalaevning bo‘lajak janglar va eng xavfli raqiblari haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

"Men Ankalaev Aleks Perreyrani nokaut qilib, so‘ngra butun divizionni tozalashini istayman. Chunki Magomed hali jang qilmagan bir qancha kuchli raqiblar bor. Bular - Irji Proxazka, Jamal Xill, Karlos Ulberg. Ayniqsa, men Karlosning ashaddiy muxlisiman. Ochig‘ini aytsam, bu yigit juda kuchli. o‘ylashimcha, uni jiddiy baholashmayapti. Ulberg, ehtimol, Ankalaev uchun Perreyradan ham murakkabroq raqib bo‘lishi mumkin", — dedi Abdel-Aziz "Bloody Elbow" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Magomed "UFC 320" turnirida Aleksga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu bahs 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!