Alisson: "Anchelotti prezidentdan ham ko‘proq bosim his qilishi mumkin"
Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson Beker milliy jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining mas'uliyati haqida fikr bildirdi.
Tajriba posbonning ta'kidlashicha, Braziliya terma jamoasini boshqarish darajasidagi bosim ba'zan mamlakat prezidentinikidan ham yuqori bo‘lishi mumkin.
"Anchelottining lavozimida ehtimol mamlakat prezidentidan ham ko‘proq bosimni his qilasan", — dedi Alisson.
Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda. Jamoa musobaqadagi ilk uchrashuvini 14 iyun kuni Marokash terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar