Alisson nega "Napoli"ga o‘tmaganini aytdi

  • 27.11.2019 18:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” darvozaboni Alisson o‘z vaqtida “Napoli”ning taklifini rad etgani borasida gapirib o‘tdi.

“Napoli” meni sotib olishga uringan, shunday gap bo‘lgan. Biroq, agar men “Roma”dan “Napoli”ga o‘tganimda Italiyada noqulay holatga tushib qolishim mumkin edi. Bu rasman derbiy emas, ammo jamoalar o‘rtasida kuchli raqobat bor.

“Napoli”ga hamisha havas qilib kelganman. Ularda ajoyib tarkib bor. Ayniqsa Neapolda ularga qarshi o‘ynash judayam qiyin. Ammo, men “Liverpul”ga o‘tishga qaror qildim”, - deydi braziliyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” bugun o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qiladi. Uchrashuv 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!