Allegri 5:1 hisobidagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 14 yanvar, 2023, 09:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya A Seriyasi 18-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Yuventus" bahsida maydon egalari 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Raqib yaxshi o‘yin o‘tkazdi, bizga kuch va energiya etishmadi. Bellashuvning biz uchun eng qulay daqiqasida ular hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Bu kabi holat bir yilda bir marta sodir bo‘ladi. Tiklanishimiz lozim, oldimizda o‘yinlar ko‘p.

Istalgan daqiqada raqib darvozamizni ishg‘ol etishi mumkindek tuyuldi. Bu haqli mag‘lubiyat, oddiy vaziyatlarda gol o‘tkazib yubordik. Bu kabi o‘yinlarda xatoga yo‘l qo‘ysangiz, uni tuzatib mushkul.

Taslim bo‘lmasligimiz kerak, chunki bungacha ketma-ket 8 bahsda g‘alaba qozongandik. Bu seriyaga qaytib olishimiz darkor. "Napoli" bejizga A Seriya etakchisi emasligini isbotladi",-dedi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!