
Allegri MYuga kelmasligi mumkin, unga A seriya klubi shartnoma taklif etmoqchi
Italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri yana "Milan" boshqaruviga kelishi mumkin, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
"Rossonerilar" 52 yoshli murabbiyni o‘zining yangi Aleks Fergyusoni sifatida ko‘rmoqda. Milanliklar fikricha, u klubni yana A seriya grandi darajasiga ko‘tarib, Evrokuboklar uchun da’vogarlar saviyasiga qaytarishi mumkin ekan.
Eslatib o‘tamiz, Massimiliano Allegri 2010-2014 yillar mobaynida "Milan"ni, 2014-2019 yillarda esa "Yuventus"ni boshqargan edi.
Fikrlar