“Allegri out”. "Yuventus" muxlislar jahl otiga minishdi

  • 9 oktabr, 2022, 17:14
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Allegri out” xeshtegi ijtimoiy tarmoqlarda yana mashhur bo‘ldi. “Yuventus” muxlislari ushbu heshtegdan foydalanib, jamoa bosh murabbiyiga bosimini kuchaytirmoqda. “Keksa sinora”, kecha “Milan” mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Turinliklar ayni paytda A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Bir necha hafta oldin matbuotda Massimiliano Allegrining "Yuventus"dan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Turin klubi rahbarlari murabbiyni almashtirmaslikka qaror qilishdi. Mish-mishlarga ko‘ra, klub bunday qarorga kelishiga moliyaviy holat sabab bo‘lgan. Boisi, Allegrining iste’fosi katta xarajatlarni talab qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!