Alonso APL chempioni bilan muzokaralar boshladi
"Liverpul" Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonsoning vakillari bilan aloqada bo‘lgan. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy bo‘ldi. Bu haqida AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida to‘p surgan klubiga qaytishga "qat’iy ahd qilgan." "Liverpul"da Alonosoga nisbatan "hayrat aralash hurmat" bor. Ta’kidlanishicha, mersisaydliklarning har bir o‘yini hozirgi bosh murabbiy Arne Slotning kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Alonso o‘tgan yozda "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. 12 yanvar kuni "Qirollik klubi" ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qildi.
Angliya chempionatining 23 o‘yinidan so‘ng "Liverpul" 36 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar