Alonso “Barsa”ning eng xavfli yulduzini to‘xtatish uchun maxsus reja ishlab chiqdi. U Yamal emas!

  • 26 oktabr, 10:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Real” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida amaldagi chempion “Barselona”ni qabul qiladi.

Tecno

O‘tgan mavsumda kataloniyaliklar Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Real” bilan to‘rt marotaba to‘qnash kelib, bu bahslarning barchasida ashaddiy raqibni “er tishlatgan” edi.

Bu gal “Real”ni Xans-Diter Flik jamoasiga qarshi Xabi Alonso tayyorladi. Ispaniyalik mutaxassis “Barsa”ning eng xavfli  o‘yinchisini aniqlab, uni to‘xtatadigan maxsus reja ishlab chiqdi.

Diario AS nashrining xabar berishicha, Xabi Alonso raqibning muvaffaqiyatlarida Pedrining roli katta ekanini aniqlagan. Madridlik charm to‘p ustalari bo‘lajk “el-klasiko”da aynan mana shu 22 yoshli futbolchini o‘yindan chiqarish topshirig‘ini oldi.

Xabi Alonso agar “Real” fubolchilari Pedrining o‘yinga ta’sirini to‘sib qo‘ysa, o‘zlarida butun uchrashuv davomida ustunlik qilish imkoni paydo bo‘lishi va bu natijaga ijobiy ta’sir o‘tkazishiga ishonmoqda.

Markaziy yarim himoyachi pozitsiyada o‘ynaydigan Pedri joriy mavsumda La Liga va Evropa Chempionlar ligasida 12 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga ikkitadan gol va assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!