Alonso Mbappe qachon maydonga tushishi mumkinligini aytdi

  • 21.06.2025 22:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappening sog‘lig‘i tiklanib, 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida "Red Bull Zaltsburg"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishiga umid bildirdi. Avvalroq, frantsuz futbolchisi o‘tkir gastroenterit sababli kasalxonaga yotqizilgan edi.

"Mbappe hozir yana mehmonxonaga qaytdi, u shifoxonani tark etdi, shuning uchun holatni kuzatamiz. Menimcha, u yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ishtirok etolmaydi, lekin keyingi bahsda unga tayanishimiz mumkin bo‘lishiga umid qilamiz", — degan Alonso so‘zlarini Madrid Universal keltiradi.

Ertaga, 22 iyun kuni "Real" Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2-turi doirasida Meksikaning "Pachuka" jamoasiga qarshi o‘ynaydi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!