Alonso "Real" rahbariyatidan Ispaniya terma jamoasi a’zosini sotib olishni so‘ramoqda

  • 6 may, 17:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubining bo‘lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso allaqachon yangi jamoasini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.

Tecno

Hozirda "Bayer"ni boshqarayotgan Alonso keyingi mavsumdan "qirollik klubi" bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilmoqda. Jurnalist Xoakin Maroto xabariga ko‘ra, Alonso "Real" rahbariyatiga bevosita murojaat qilib, Martin Zubimendini jamoaga olib kelishni so‘ragan. Manbaning xabar qilishicha, Zubimendining o‘zi esa bu orada "Real Sosedad"ni yozgi transfer oynasida tark etishga tayyor ekanligini Madrid klubiga bildirib qo‘ygan.

26 yoshli yarim himoyachi uzoq vaqt davomida Londonning "Arsenal" klubi bilan bog‘lanib kelgan. Uning shartnomasida 60 million evro miqdorida tovon puli belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!