
Alonso “Real” tanlagan o‘yinchi o‘rniga qadrdon shogirdini olib keladi
“Real” mutasaddilari anchadan beri jamoaga “Benfika”da porlayotgan himoyachi Alvaro Karrerasni olib kelishga harakat qilyapti.
Tomonlar bu o‘yinchi transferi bo‘yicha bir necha bor uchrashuv o‘tkazdi. Portugaliya klubi rahbariyati “Qirollik klubi” bilan muzokaralar o‘tkazilayotganini tasdiqladi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Real” Karreras uchun taklif qilgan badal puli summasi “Benfika”ni qoniqtirmagan.
Bu orada “Bayer”da Xabi Alonso qo‘l ostida o‘ynagan chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo ustozidan chorlov kutyapti. Agar madridliklar Karrerasni qo‘lga kirita olmasa, Grimaldo Madridga ko‘chib o‘tishga tayyor turibdi.
29 yoshli ispaniyalik futbolchi Bundesligani tark etishga qaror qilgan. Cadena Ser nashrining ma’lum qilishicha, Grimaldoga Angliya Premer-ligasining bir necha klublaridan taklif bo‘lyapti. Biroq futbolchi “Real” masalaga oydinlik kiritmagunicha boshqa klublar chorlovini qabul qilmay turadi.
Fikrlar