
Alonso Vinisius va Mbappega qattiq talab qo‘ydi
“Real”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaga o‘z o‘yin falsafasini singdirishga harakat qilmoqda. Yangi ustoz ayrim o‘yinchilardan yangi uslubga tezroq moslashishni talab qilyapti.
Xususan, jamoaning to‘purar hujumchilari Vinisius Junior va Kilian Mbappe raqib darvozasiga xavf solishdan tashqari, uchrashuvlar davomida ortga qaytib, himoyaga yordam berishi va maydon bo‘ylab pressinglarda qatnashishi shart ekani aytilmoqda.
- Biz butun jamoa bo‘lib himoyalanishimiz kerak.11 nafar futbolchining barchasi o‘yinga jalb qilinishi shart. Raqib bizning pressingimizni his qilishi kerak. Bu jarayon o‘ziga Vinisius, Bellingem, Valverde va Mbappe ham qamrab oladi.
Himoyamiz to‘liq va puxta bo‘lishi kerak, raqibga qancha kam ochiq joy qoldirsak, shuncha yaxshi. Biz buning ustida ishlayapmiz. Vinisius Junior ham shunga harakat qilmoqda, - dedi Xabi Alonso.
Ispaniyalik mutaxassis yaqinda Vinisius Junior jamoaga raqibni pressing qilishda etarli darajada yordam bermagani uchun braziliyalik yulduzga tanbeh bergan edi.
Fikrlar