Alvares: Nurmagomedovning jangi mobaynida muxlislar uxlab qolishadi

CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni Eddi Alvares engil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Xabib Nurmagomedovni tanqidladi.

Tecno

- MMA muxlislari Xabibning bahslari mobaynida uxlab qolishadi. Bilasizmi, Nurmagomedovning Nyu-Yorkdagi jangidan menda bir video lavha bor, ushbu videoda jang mobaynida bir muxlisning uxlab qolganini ko‘rishingiz mumkin.

Farzandlarimni uyquga chorlayotganimda ularga “Xabibning vaqti” (Khabib Time – Xabib muxlislarning mashhur shiori) keldi deya bolalarimni uxlashga yuboraman.

Rossiyada mening muxlislarim soni kam emas, shu qatori men ham Rossiyani yaxshi ko‘raman. Eslatib o‘tishim joizki, men Sankt-Peterburgda jang qilganman. Mening jang uslubim Xabibnikidan o‘laroq tajovuzkorligi bilan ajralib turadi, - deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi BJ Penn nashri.

Ma’lumot uchun,  2016 yil Eddi Xabibga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi, biroq u MakGregor bilan kuch sinashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!