Al’varesga xatosini to‘g‘rilashga imkon berishdi
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa hujumchisi Julian Alvares o‘tgan yozda klubni tark etish istagi haqida omma oldida bayonot bergani ortidan muxlislar bilan kelib chiqqan ziddiyat barham topishi mumin, deb hisoblaydi.
- Mening nazarimda, hayot imkoniyatlarga to‘la. Hulianda hozir hammasini tuzatish imkoniyati bor. Biz ko‘pincha hukm qilishga vaqt sarflaymiz, aslida esa kamroq hukm qilib, ko‘proq o‘rganishimiz kerak.
Umid qilamanki, bu unga saboq bo‘ldi. Va kecha Futre uchun tayyorlangan ajoyib videoda unga aytganimdek, u baxtli bo‘lsin. U gol urganda shunday bo‘ladi, - deya Simeonening so‘zlarini Marca nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Madriddan ketib, ashaddiy raqib “Barselona”ga ko‘chib o‘tmoqchi ekanini ochiq aytdi. Biroq klub uni Kataloniyaga qo‘yib yubormadi. Madridlik muxlislar Alvaresni ko‘rganda hushtakbozlik qilyapti.

Fikrlar