Alvarez "Manchester Siti"ga javob qaytardi
«Atletiko» (Madrid) hujumchisi Xulian Al’vares «Manchester Siti»ga qaytish niyati yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Siti» argentinalik futbolchini ijaraga olishga tayyor edi. Sababi – Al’vares «Atletiko» safida qolishni istamayapti.
Ammo Cadena SER jurnalisti Pedro Ful’yana xabariga ko‘ra, hujumchi bu taklifga umuman qiziqish bildirmagan va Angliya grandiga aniq rad javobini yo‘llagan. Futbolchi Angliya chempionatiga qaytishni xohlamaydi.
Al’varesning o‘zi uchun eng maqbul yo‘nalish sifatida hanuz «Barselona» ko‘rilmoqda. Biroq «Atletiko» rahbariyati «Barselona»ga o‘z yulduzini sotish ehtimolini mutlaqo inkor qilmoqda. 26 yoshli hujumchiga yana bir jiddiy da’vogar sifatida «Arsenal» tilga olinmoqda.

Fikrlar