Alvaro Arbeloa: "Jahon chempionati oldidan o‘zini ayagan futbolchilarni tushunmayman"

  • 01.03.2026 23:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ayrim futbolchilarning Jahon chempionati oldidan o‘zini ehtiyot qilishi borasida fikr bildirdi.

"Men doim bir narsani tushunganman — avvalo klubing uchun bor kuchingni berishing kerak. Terma jamoaga kelganda esa mamlakating uchun o‘zingni ayamasliging shart.

Men kuchini tejaydigan, yakkakurashlarga kirmaydigan, jarohat olishdan qo‘rqadigan yoki maydonda maksimal darajada harakat qilishdan boshqa narsani o‘ylaydigan futbolchilarni tushunmayman. Hozirgi holatda “Real” uchun maydonda to‘liq kuch bilan harakat qilish kerak.

Tayyorgarlikning eng yaxshi yo‘li — klubing safida yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatish. Men futbolchilardan aynan shuni kutaman", — dedi Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!