Amaldagi chempion yana g‘alaba qozondi
Milliy basketbol uyushmasi tomonidan doimiy o‘tkaziladigan chempionatda sakkizta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Amaldagi chempion «Golden Steyt» va «Denver» jamoasi o‘rtasidagi o‘yin 124:114 hisobida yakunlangan bo‘lsa, «Minnesota» o‘z parketida musobaqa favoriti «Klivlend»ni yirik 127:99 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
«Bankers Life Fieldhouse» sport majmuasida “Indiana” va “Miluoki” o‘zaro raqobatlashdi. Unda “Indiana” 109:96 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, “Bruklin” «Barclays Center» arenasida “Toronto”ga 113:114 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuningdek, “Yangi Orlean” – “Detroyt”ni 112:109, “Klippers” – “Atlanta”ni 108:107 hisobida engdi. “Chikago” va “Xyuston” uchrashuvida 107:116 hisobi qayd etildi. Afsuski, “Sakramento” – “San-Antonio”ga 100:107 hisobida yutqazdi.
Chempionatning so‘nggi uchrashuvi “Golden Steyt” hamda “Denver” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 124:114 hisobida g‘alaba nashidasini surdi.

Fikrlar