
Amaldagi chempionga qarshi bahs oldidan Messi va Mbappe mashg‘ulotlarda qatnashmadi
Frantsiya chempionati 12-turidan o‘rin olgan bahsda PSJ va "Lill" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Mazkur bahsda parijliklar etakchilari Lionel Messi hamda Kilian Mbappe ishtirok eta olmasligi mumkin. Gap shundaki, har ikki futbolchi o‘yin oldidan o‘tkazilgan jamoaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi.
Avvalroq, frantsiyalik hujumchida LOR infektsiyasi aniqlangani xabar qilingandi. Uning maydonga tushishi so‘roq ostida edi. Biroq Messi nega mashg‘ulotlarda qatnashmagani sababi noma’lum. Hozircha, Parij klubi argentinalikning holati haqida xabar bermadi.
Ma’lumot o‘rnida, Pochettino shogirdlari 28 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, amaldagi chempion "Lill" ro‘yxat ekvatorida joylashgan. O‘yin 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar