AMGK bugun revansh olishga harakat qilib ko‘radi
AGMK bugun yig‘in doirasidagi navbatdagi nazorat o‘yinini Belarusning "Torpedo BelAZ" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Bundan avval, ya’ni 17 fevral kuni ham aynan mazkur jamoaga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazilgan va unda belaruslar (2:1) g‘alabani tantana qilgandi.
Bo‘lajak uchrashuv yig‘in doirasidagi to‘rtinchi bellashuvga aylanadi. Birinchi uchrashuvda Gruziyaning "Telavi" (3:2) jamoasi mag‘lub etilgan, keyin "Torpedo BelAZ" bilan o‘yin va kuni kecha Qozog‘istonning "Atirau" (2:0) klubiga qarshi bahs bo‘lib o‘tgandi.
Bugun o‘tadigan AGMK - "Torpedo BelAZ" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar