
Amorim 10 nafar futbolchini haydaydigan bo‘ldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati natijalarda ijobiy o‘zgarishlar yuz bermayotganiga qaramay, Ruben Amorimga ishonch bildirishda davom etadi.
O‘z navbatida, portugaliyalik mutaxassis yozda tarkibni optimallashtirish bilan shug‘ullanadi. Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, manchesterliklar yozda klub bilan xayrlashadigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib qo‘ydi.
Klub xayrlashmoqchi bo‘lgan o‘yinchilar o‘n nafarni tashkil qilmoqda. Katta tajribaga ega bo‘lganiga qaramay, o‘zini ko‘rsata olmagan Kazemiro va Kristian Eriksen murabbiylar rejasidan tashqarida qoldi. Yosh avlod vakillaridan Meyson Maunt va Rasmus Xoylund o‘zlariga sarflangan mablag‘ni oqlamadi va ular ham ketadi.
Ruben Amorim joriy mavsum ijaraga jo‘natilgan o‘yinchilar – “Betis”dagi Antoni, “Chelsi”dagi Jeydon Sancho, “Aston Villa”dagi Markus Reshforddan ham amalda voz kechib bo‘ldi.
Yozda shartnomasi tugaydigan Jonni Evans, Tom Xiton va Viktor Lindelyof ham “Manchester Yunayted”dagi faoliyatini yakunlashiga to‘g‘ri keladi.
Manchesterliklar bu o‘yinchilar o‘rnini yangi ijrochilar to‘ldirish orqali kelasi mavsumdan yuqori maqsadlar uchun kurashga qo‘shilishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar