
Amorim: "APLdagi natijalar bizning haqiqiy holatimizni ko‘rsatyapti"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning Angliya Premer-ligasidagi qiyinchiliklari haqida gapirdi. 32-turdan so‘ng mankuniyanliklar turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. Evropa ligasida esa jamoa yarim finalga chiqib, "Atletik"ga qarshi o‘ynaydi.
"Murabbiy sifatida sizning ishingizga asosiy baho – bu milliy chempionatdagi natijalar. Evrokuboklarda yaxshi o‘ynashingiz mumkin, lekin sizni aynan chempionat natijalari orqali baholashadi. Va bu erda biz o‘z imkoniyatlarimizni namoyish eta olmayapmiz.
Ko‘p jihatlar bo‘yicha etishmayapmiz. Masalan, Garnacho o‘ta charchagan edi, ammo o‘yin davomida faqat u o‘tish fazalarida faol harakat qila olardi.
Jismoniy tayyorgarlik va kuch bo‘yicha muammolar bormi? Ha, Evropa klublariga qarshi o‘yinlarda biz bunga etarlicha javob bera olyapmiz, lekin APLda bu tomonlama juda qiynalmoqdamiz" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi "qizil iblislar" bosh murabbiyi.
Fikrlar