Amorim: “Bizda o‘tgan mavsumdan buyon davom etayotgan muammo bor”

  • 4 oktabr, 18:21
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa sobiq futbolchilari Ueyn Runi va Garri Nevilning klub vaziyatini o‘zgartira olmasligi haqidagi shubhalariga munosabat bildirdi.

Tecno

“Bu normal holat, biz natijalar uchun javobgarlikdan qochib qutula olmaymiz. Shuningdek, bizda o‘tgan mavsumdan buyon davom etayotgan ayrim muammolar bor. O‘tgan mavsum men uchun ahamiyatsiz, gap tizim haqida ketmoqda. Jamoada tarqoqlik bor, va menimcha bu asosiy muammo. Gol o‘tkazib yuborishimiz yoki vaziyatlardan samarali foydalana olmasligimizning tizimga aloqasi yo‘q, lekin bu jamoa boshqacha muhitda yaxshiroq o‘ynaydi deb o‘ylayman”, — dedi jamoa ustozi.

Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” APLda 6-turdan so‘ng 7 ochko bilan 14-o‘rinni egallamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!