
Amorim Garnachoning kelajagi va iste’dodi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim argentinalik vinger Alexandro Garnacho haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, futbolchi jamoa rejalarida yo‘q.
"Garnacho haqiqatdan ham iqtidorli yigit. Lekin ba’zan hammasi ham kutilganidek kechmaydi. Nima sababdan ekanini aniq tushuntirish qiyin. U boshqa murabbiy qo‘l ostida boshqacha narsalarni istayapti. Futbolchilarga yangi chaqiriqlar kerak. Eshik ochiq. Men faqat jamoada qoladigan futbolchilar bilan ishlayman" – deya javob berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.
Avvalroq, 21 yoshli vinger "Chelsi"ga o‘tishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo transfer yaqin orada amalga oshishi kutilmayapti.
Fikrlar