Amorim “Manchester Yunayted”ning olti afsonasini yordamga chaqirdi
“Manchester Yunayted”ni bir yildan beri boshqarayotgan bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoani inqirozdan olib chiqishning turli yo‘llarini qidirmoqda.
Bu borada ijlbiy siljishga erishgan portugaliyalik mutaxassis “Manchester Yunayted”ni yangi bosqichga ko‘tarish uchun klubning afsonaviy futbolchilari yordamidan foydalanmoqchi.
The Sun nashrining Amorimga yaqin manbaga tayanib xabar berishicha, mutaxassis futbolchilar bilan ishlash jarayoniga “Manchester Yunayted”ning shonli tarixida chuqur iz qoldirgan Erik Kantona, Devid Bekxem, Pol Skoulz, Teddi Sheringem, Endi Koul va Duayt York kabi sobiq o‘yinchilarni jalb qilishni mo‘ljallyapti.
Amorim o‘zi chuqur hurmat qilgan bu afsonaviy o‘yinchilar hozirgi tarkib futbolchilariga o‘z bilim va tajribalarini ulashishidan umidvor. Bosh murabbiy sobiq yulduzlarni ishga jalb etish shogirdlariga ijobiy ta’sir o‘tkazishiga ishonmoqda.

Fikrlar