Amorim MYu hujumchisi bilan gaplashishni to‘xtatdi

  • 29 yanvar, 20:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim "Manchester Yunayted" tarkibida hujumchi Markus Reshford uchun joy ko‘rmayapti.

Tecno

"The Guardian" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi futbolchi bilan shaxsiy suhbatlarni to‘xtatgan. Amorim Markusga faqat butun jamoa bilan suhbat chog‘ida murojaat qilmoqda.

Avvalroq matbuotda 27 yoshli angliyalik futbolchi MYuni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hujumchiga Turinining "Yuventus" va Kataloniyaning "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida Reshford 15 ta o‘yinda maydonga tushdi, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!